AsosiyJamiyat

Chirchiq shahri hokimi o‘rinbosari pora olayotganda ushlandi

U 1 mln. dollar pora olayotgan vaqtda qamoqqa olindi.

'Chirchiq shahri hokimi o‘rinbosari pora olayotganda ushlandi'ning rasmi

DXX xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi departament bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Chirchiq shahar hokimining o‘rinbosari 1 mln dollar olgan vaqtida ushlandi. 

Hokim o‘rinbosari xizmat mavqeyidan foydalangan holda, klaster shaklidagi savdo majmuasi tashkil etish uchun 40 mln dollar investitsiya kiritish sharti bilan, shahar hokimligi zaxirasidagi 20 gektar yerni auksion savdoga chiqartirib, yutib berish va 49 yil muddatga yerga egalik qilish huquqini rasmiylashtirishda ko‘maklashishni va’da qilgan.

Buning evaziga 2 mln dollar talab qilib, oldindan 1 mln dollarni o‘zining haydovchisi orqali olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda xizmat mavqeyidan foydalanib, juda ko‘p miqdorda pora olgan hokim o‘rinbosariga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 3-qismi “a” bandi (Pora olish juda ko‘p miqdorda) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Ma’lumot uchun, Jinoyat kodeksining 210-moddasi 3-qismi “a” bandi – o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.



    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'AQSh Isroildan Eronning neft ob'ektlariga zarba bermaslikni so'radi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:27

    'Қирғизистонга яширинча олиб кетилаётган олтин қуймалар тўхтатилди'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:29

    Қирғизистонга яширинча олиб кетилаётган олтин қуймалар тўхтатилди

    Farg‘ona viloyatida Qirg‘izistonga noqonuniy olib chiqilmoqchi bo‘lgan oltin qurilmalar aniqlandi.

    '2000 йилдан буён метродан фойдаланувчилар сони қариб 2,3 баробарга ошди'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:19

    2000 йилдан буён метродан фойдаланувчилар сони қариб 2,3 баробарга ошди

    2025-yilda Toshkent metropoliteni orqali jami 286,8 million nafar yo‘lovchi tashilgan.

    'Qashqadaryoni rivojlantirish bo‘yicha 2026 yilga vazifalar muhokama qilindi'ning rasmi

    Jamiyat 10.03.2026 14:26

    Qashqadaryoni rivojlantirish bo‘yicha 2026 yilga vazifalar muhokama qilindi

    Prezident boshchiligida o‘tgan yig‘ilishda viloyatda sanoat, qishloq xo‘jaligi, infratuzilma va turizmni rivojlantirish bo‘yicha yangi rejalar ko‘rib chiqildi.

    'Toshkentda erkak tanishini ayovsiz kaltakladi'ning rasmi

    Jamiyat 10.03.2026 14:18

    Toshkentda erkak tanishini ayovsiz kaltakladi

    Yakkasaroy tumanida ikki tanish o‘rtasidagi janjal kaltaklash bilan yakunlandi.

    'Navoiyda Kia va Chery to‘qnashuvida 5 kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat 10.03.2026 14:14

    Navoiyda Kia va Chery to‘qnashuvida 5 kishi halok bo‘ldi

    Ular uch nafari bir oila a'zolari bo'lgan.