AsosiyJamiyat

Floridadagi o‘zbekistonliklar ehtiyot choralarini ko‘rishlari so‘ralmoqda

O‘zbekiston elchixonasi AQSHdagi to‘fon sabab murojaat bilan chiqdi.

'Floridadagi o‘zbekistonliklar ehtiyot choralarini ko‘rishlari so‘ralmoqda'ning rasmi

AQSHning Florida shtatining 51 ta shahrida "Milton" to‘foni kirib kelayotgani munosabati bilan favqulodda holat e’lon qilindi.

 Shu munosabat bilan O‘zbekistonning AQSHdagi elchixonasi vatandoshlarimizdan ehtiyot choralarini ko‘rishini so‘ramoqda.

Agar sizlarga shoshilinch yordam kerak bo‘lsa, O‘zbekistonning AQSHdagi elchixonasining quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin: +1-202-251-8298; +1-202-300-9526.

    Boshqa yangiliklar