AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoyev “Yashil makon” doirasida ko‘chat ekdi

Bugun, 1 aprel kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbirida ishtirok etdi.

'Shavkat Mirziyoyev “Yashil makon” doirasida ko‘chat ekdi'ning rasmi

108 gektar maydonda tashkil etilayotgan Milliy dendrologiya bog‘ining ilk 5 gektarida manzarali ko‘chatlar ekilib, shu bilan birga respublika hududlarida 21 ming fuqaro 164 gektar maydonda 88 ming tup ko‘chat o‘tkazadi.

“Yashil” universitet hududida "in-vitro" laboratoriyasi, Dorivor o‘simliklar hamda Urug‘chilik va seleksiya markazlari ham shu yilda faoliyatga kirishadi. 

Prezident tadbirda BMT Forumining rahbarlari va xorijiy diplomatlar bilan ham uchrashdi.

    Boshqa yangiliklar