Toshkent viloyati IIB JXH Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimi, 29 yoshli safodil Odiljon Abdullayev 29 mart kuni 4 nafar egizak farzandli bo‘ldi.
Chaqaloqlarning 2 nafari o‘g‘il, 2 nafari qiz ekani ma’lum qilindi.
Hozirda ona va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning umumiy ahvoli yaxshi bo‘lib, ular shifokorlar nazoratida.
Viloyat IIB jamoasi hamkasbini ushbu quvonchli voqea bilan tabriklab, oilaga sihat-salomatlik va farovonlik tilagan






