AsosiyJamiyat

Toshkentda pora bilan ushlangan bosh mutaxassis qochishga urindi.

Qurilish vazirligi xodimi 1500 dollar olayotganda qo‘lga tushdi, ushlash vaqtida qochmoqchi bo‘lgan.

'Toshkentda pora bilan ushlangan bosh mutaxassis qochishga urindi.'ning rasmi

Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi bosh mutaxassisi pora olayotgan vaqtida ushlandi. U ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi MChJ rahbaridan 1500 AQSh dollarini olayotgan paytda qo‘lga tushgan.

Ma’lum qilinishicha, gumonlanuvchi Yunusobod tumanidagi 6 ta uyga xizmat ko‘rsatishni bir MChJdan boshqasiga o‘tkazib berish uchun jami 2200 dollar talab qilgan. Ushbu jarayonni “Mening uyim” platformasi orqali rasmiylashtirib berishni va’da qilgan.

Qo‘lga olish chog‘ida u qochishga uringan, biroq tezkor xodimlar tomonidan ushlab qolingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmogda.

    Boshqa yangiliklar