Poytaxtimizda ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha boshlangan harakatlar endi bir hudud darajasida qolib ketmaydi, balki butun O‘zbekiston bo‘ylab yangi va yanada jiddiy bosqichga olib chiqilmog‘da.
Yangi Farmonga ko‘ra, Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan chorani ko‘rish maqsadida tuzilgan maxsus komissiya faoliyati 2027 yilning 1 martigacha uzaytirildi.
Muhim o‘zgarish esa uning maqomida: komissiyaning nomi «Ekologik vaziyatni yaxshilash yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi» etib o‘zgartirildi.
Bu nimani anglatadi? Endilikda havoni tozalash, sanoat filtrlarni o‘rnatish va yashillikni ko‘paytirish kabi dolzarb ekologik vazifalar faqat Toshkent shahri doirasida cheklanib qolmaydi. Butun mamlakatimiz miqyosidagi ekologik vaziyat aynan shu Respublika komissiyasining qat’iy nazorati va boshqaruvi ostida bo‘ladi.
Buning ahamiyati shundaki, davlat ekologik inqirozlarga vaqtincha yoki lokal yechim emas, balki tizimli, uzoq muddatli va butun mamlakatni qamrab oluvchi strategik yechimizlamog‘da. Demak, oldimizdagi yillar davomida butun yurtimiz bo‘ylab toza havo va sog‘lom muhit yaratish yo‘lida juda katta va amaliy o‘zgarishlarga guvoh bo‘lamiz. Tabiatni asrash umummilliy harakatga aylanmog‘da.






