AsosiySiyosat

Endi O‘zbekiston ham xorijliklarga sanksiya qo‘llamoqchi

O‘zbekiston va uning xalqi sha’nini, qadr-qimmatini yoki tarixini tahqirlovchi ommaviy chiqishlar qilgan yoxud harakatlar sodir etgan chet el fuqarosi mamlakat hududiga kiritilmaydi.

'Endi O‘zbekiston ham xorijliklarga sanksiya qo‘llamoqchi'ning rasmi

Endilikda "O‘zbekistonda bo‘lishi nomaqbul deb topilgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ro‘yxati" yuritilishi mumkin. Shuni nazarda tutuvchi "O‘zbekiston Respublikasida chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqiy holati to‘g‘risida"gi qonunga qo‘shimchalar kiritish haqida"gi qonun loyihasi bugun, 20 sentyabr kuni Oliy Majlis Senatining ellik yettinchi yalpi majlisida ko‘rib chiqilidi va senatorlar tomonidan ma’qulladi.

Qonunga ko‘ra, O‘zbekiston davlat suvereniteti, hududiy yaxlitligi va xavfsizligiga zid bo‘lgan, davlatlararo ijtimoiy, irqiy, diniy va milliy adovatni keltirib chiqaruvchi, O‘zbekiston xalqi sha’ni, qadr-qimmati va tarixini tahqirlovchi ommaviy chiqishlar hamda harakatlar sodir etgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tegishli ro‘yxatga kiritiladi.

Ro‘yxatni yuritish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi, Tashqi ishlar vazirligi tomonidan yuritiladi. Bunday shaxslarni ro‘yxatga kiritish Oliy Majlis palatalarining kengashlari hamda maxsus vakolatli organlarning taqdimiga binoan amalga oshiriladi.

O‘zbekiston hududida bo‘lishi nomaqbul deb topilgan chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga 5 yil davomida O‘zbekistonga kirish, banklarda hisobvaraq ochish, ko‘chmas mulk sotib olish, davlat mulkini xususiylashtirishda ishtirok etish, moliyaviy va shartnomaviy munosabatlarga kirishishi taqiqlanadi (Ular O‘zbekistonda hududidagi o‘z mulkini sotishi yoki hadya qilishi mumkin).

Shuningdek, mamlakatda bo‘lishi nomaqbul deb topilgan shaxs shunday mazmundagi Tashqi ishlar vazirligi xabarnomasini olgan kundan e’tiboran 10 kun ichida ixtiyoriy ravishda O‘zbekistondan chiqib ketishi kerak. Agar ushbu muddat ichida ixtiyoriy ravishda chiqib ketmasa, mazkur shaxs ichki ishlar organlari va boshqa vakolatli organlar tomonidan deportatsiya qilinadi, ya’ni majburiy tarzda chiqarib yuboriladi.

Qonunbuzarning ro‘yxatda bo‘lish muddati 5 yil hisoblanadi, agar u ushbu muddatda ro‘yxatga kirish uchun asos bo‘lgan sabablarni bartaraf qilsa, muddatidan ilgari ro‘yxatdan chiqarilishi mumkin.

Ta’kidlanishicha, qonun loyihasi O‘zbekistonning davlat suvereniteti, hududiy yaxlitligi va xavfsizligini mustahkamlashga, mamlakatda davlatlararo, millatlararo, dinlararo ahillik, totuvlikni himoya qilishga hamda O‘zbekiston xalqining sha’ni, qadr-qimmati va tarixi hurmat qilinishini ta’minlashga qaratilgan. 

"Ushbu qonunni ishlab chiqishda ko‘plab xorijiy davlatlar tajribasi o‘rganilgan. Xususan, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Polsha, Rossiya, Belarus, Ukraina, itoy alq respublikasi kabi qator xorijiy davlatlarda ularning suverenitetini, mustaqilligini shubxa ostiga oluvchi chet el  fuqarolarining mamlakat hududiga kirishini cheklovchi qonuniyat va amaliyot keng qo‘llanilayotganini ko‘rishimiz mumkin", deydi senator Anvar To‘ychiyev.

Senatorlar ma’qullagan hujjat Prezident tomonidan imzolangach kuchga kiradi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O'zbekiston Xitoydan salmoqli 15 milliard dollarlik investitsiya o'zlashtirdi'ning rasmi

    Siyosat Bugun 17:24

    O'zbekiston Xitoydan salmoqli 15 milliard dollarlik investitsiya o'zlashtirdi

    Ushbu ma'lumot davlat rahbarining matbuot xizmati tomonidan ochiqlandi.

    'Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I O‘zbekistondagi Islom tsivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi'ning rasmi

    Siyosat Bugun 11:42

    Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I O‘zbekistondagi Islom tsivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi

    Toshkent shahrida Xitoy Xalq Respublikasi Kommunistik partiyasi Markaziy qoʻmitasi Siyosiy byurosi aʼzosi, Tashqi ishlar vaziri Van I janoblarni qabul qilish marosimi boʻlib oʻtdi.

    'Nyu-York meri O'zbekistonga keldi'ning rasmi

    Siyosat 20.11.2025 08:13

    Nyu-York meri O'zbekistonga keldi

    Bu haqda Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

    '"Aholini kreditga majburlayapti". Mirziyoyev ikki hokimni nima uchun ishdan olganini aytdi'ning rasmi

    Siyosat 19.11.2025 20:20

    "Aholini kreditga majburlayapti". Mirziyoyev ikki hokimni nima uchun ishdan olganini aytdi

    Prezident Mirziyoyev Denov va Chiroqchi tumanlari hokimlari aholiga tayyor loyiha o‘rniga majburiy kredit o‘tkazayotgani va ishlarni nazoratsiz qoldirgani uchun ishdan olinganini ta’kidladi.

    'Shahnaza Mirziyoyeva yangi vazifa yuklatildi'ning rasmi

    Siyosat 19.11.2025 18:26

    Shahnaza Mirziyoyeva yangi vazifa yuklatildi

    Inklyuziv bandlikni kuchaytirish va qashshoqlikka qaytish xavfi yuqori boʻlgan oilalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha nazorat Shahnoza Mirziyoyevga topshirildi.

    'Prezident yig‘ilishida ikki hokim va ularning o‘rinbosarlari ishdan olindi'ning rasmi

    Siyosat 19.11.2025 17:22

    Prezident yig‘ilishida ikki hokim va ularning o‘rinbosarlari ishdan olindi

    Qashqadaryo viloyatida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida qashliq va qishloqlarda qashshoqlikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Denov va Chiroqchi tumanlaridagi kamchiliklar keskin tanqid qilindi va mansabdorlar lavozimidan ozod etildi.