AsosiyJamiyat

Farg‘onada “drift”qilgan BMW haydovchisi 7 sutkaga qamaldi

U to‘y kortejida mashinani aylantirib, yo‘l harakati qoidalarini buzib harakatlangan.

'Farg‘onada “drift”qilgan BMW haydovchisi 7 sutkaga qamaldi'ning rasmi

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda BMW avtomobili haydovchisining to‘y kortejida tomosha ko‘rsatgani aks etgan video tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘lgan edi. 

Ma’lum qilinishicha, mazkur holat Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida yuz bergan. Bu haqda "Zamon" dasturi xabar qildi. 

"Yaqin o‘rtog‘imning to‘yida mashinani aylantirib, "drift" qilgan edim. Qilgan ishimdan pushaymonman, boshqa takrorlanmaydi"- deydi qonunbuzar haydovchi. 

Haydovchilarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar JIB Qo‘qon shahar sudiga yuborildi. 

Sud hukmiga ko‘ra, haydovchi MJtKning 183-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, unga nisbatan 7 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

    Boshqa yangiliklar