AsosiyJamiyat

Termizda Imom Termiziy nomidagi islom instituti tashkil etildi

O‘zbekistonda oliy diniy ta’lim muassasalari soni 4 taga yetdi.

'Termizda Imom Termiziy nomidagi islom instituti tashkil etildi'ning rasmi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi oliy diniy ta’lim muassasalari yana bittaga ko‘payganini e’lon qildi.

Ma’lum qilinishicha, Shavkat Mirziyoyevning 2019 yilda Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida bergan topshiriqlari ijrosi yuzasidan Termiz shahrida 2020/2021-o‘quv yilidan o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi tashkil etilgan bo‘lib, 2023/2024-o‘quv yilida ilk bitiruvchilar mazkur ta’lim muassasasini tamomladi.

O‘rta maxsus islom ta’lim muassasasining uzviy davomi sifatida Imom Termiziy nomidagi islom instituti Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Ta’lim muassasasida o‘qish muddati 4 yil bo‘lib, bakalavr darajasidagi oliy diniy ma’lumotli hadis ilmlari, diniy fanlar va arab tili bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi.

Imom Termiziy nomidagi islom institutiga 2024/2025-o‘quv yili uchun qabul e’lon qilingan. O‘qishga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilish 14 avgustdan 20 avgustga (shu kuni ham soat 18:00 gacha) qadar davom etadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar

'Markaziy bank to‘lov tizimlariga kiberhujum bo‘lmaganini ma’lum qildi.'ning rasmi

Jamiyat Bugun 16:29

Markaziy bank to‘lov tizimlariga kiberhujum bo‘lmaganini ma’lum qildi.

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga munosabat bildirgan Markaziy bank to‘lov tizimlariga nisbatan hech qanday kiberhujum qayd etilmaganini bildirdi.

'Putin va Si Tszinpin videokonferensiya orqali muloqot qildi.'ning rasmi

Jamiyat Bugun 14:00

Putin va Si Tszinpin videokonferensiya orqali muloqot qildi.

Rossiya va Xitoy rahbarlari strategik hamkorlikni mustahkamlash va ikki davlat o‘rtasidagi savdo hamda energetika sohasidagi aloqalarni kuchaytirish masalalarini muhokama qildi.

'Fargʻonada islohotlar samarasi va yangi vazifalar muhokama qilindi'ning rasmi

Jamiyat Bugun 13:03

Fargʻonada islohotlar samarasi va yangi vazifalar muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ishsizlik va qashshoqlikni qisqartirish hamda investitsiya loyihalarini jadallashtirish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgiladi.

'Oʻzbekiston maktablari qogʻoz kundaliklarga qaytyaptimi?'ning rasmi

Jamiyat Bugun 12:21

Oʻzbekiston maktablari qogʻoz kundaliklarga qaytyaptimi?

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi ushbu ma'lumotlarga izoh berdi.

'Dollarning rasmiy kursi yangilandi'ning rasmi

Jamiyat Bugun 11:38

Dollarning rasmiy kursi yangilandi

Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 5 fevral kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

'Илон Маск бойлиги 800 млрд доллардан ошган биринчи инсон бўлди'ning rasmi

Jamiyat Bugun 10:39

Илон Маск бойлиги 800 млрд доллардан ошган биринчи инсон бўлди

Amerikalik tadbirkor Ilon Mask boyligi 800 milliard dollardan oshgan dunyodagi ilk inson sifatida tarixga kirdi.