AsosiyJamiyat

Samarqandda Labo haydovchisi velosipedda ketayotgan bolani urib yubordi (video)

Voyaga yetmagan bola olgan tan jarohatlari sabab shifoxonada vafot etgan.

'Samarqandda Labo haydovchisi velosipedda ketayotgan bolani urib yubordi (video)'ning rasmi

Joriy yilning 23 iyul kuni soat 14:00 atrofida Samarqand viloyati "Saxovat" MFY hududidan o‘tuvchi ichki yo‘lda YTH sodir bo‘lgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar berdi.

Oqibatda velosipedchi tan jarohatlari bilan shahar markaziy shifoxonasiga yotqizilgan. Olib borilgan muolajalarga qaramasdan u shifoxonada vafot etgan.

“Yo‘lda to‘satdan oldimdan velosiped minayotgan bolakay chiqib qoldi. Men uni ko‘rmay qoldim. Haydovchilar va velosipedchilardan ehtiyot bo‘lishlarini so‘rayman. Men qilgan ishimdan afsusdaman. Bu boshqa takrorlanmaydi”, - deydi haydovchi.

Hozirda Samarqand shahar Ichki ishlar boshqarmasi tergov bo‘linmasi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar

'Dunyo yetakchilari Shavkat Mirziyoyevni Navro‘z bilan tabrikladilar'ning rasmi

Jamiyat Bugun 15:08

Dunyo yetakchilari Shavkat Mirziyoyevni Navro‘z bilan tabrikladilar

Bahor faslining kirib kelishi va tabiatning uygʻonishi bilan uygʻun ravishda nishonlanadigan qadimiy bayram — Navroʻzi olam munosabati bilan Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar rahbarlari, nufuzli xalqaro tashkilotlar yetakchilari, shuningdek, siyosat va jamoat arboblaridan samimiy tabriklar kelmoqda.

'Prezident milliy madaniy markazlar vakillari bilan muloqot qildi'ning rasmi

Jamiyat Bugun 11:51

Prezident milliy madaniy markazlar vakillari bilan muloqot qildi

Shavkat Mirziyoyev yurtimizda istiqomat qilayotgan turli millat va elat vakillari bilan muloqot qildi.

'“Ochiq byudjet”ning 2026 yil 1-mavsumi g‘oliblari e’lon qilindi'ning rasmi

Jamiyat Bugun 07:10

“Ochiq byudjet”ning 2026 yil 1-mavsumi g‘oliblari e’lon qilindi

Ovoz berish natijalariga ko‘ra, 1996 ta loyiha g‘olib deb topildi.

'Bahor xonadoningizga baxt-saodat, toʻkinlik va ijobiy oʻzgarishlar olib kelsin — Saida Mirziyoyeva'ning rasmi

Jamiyat Bugun 06:22

Bahor xonadoningizga baxt-saodat, toʻkinlik va ijobiy oʻzgarishlar olib kelsin — Saida Mirziyoyeva

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston xalqini Navro‘z bayrami bilan tabrikladi.

'“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosim boshlandi'ning rasmi

Jamiyat Bugun 05:06

“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosim boshlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev butun xalqimizni Navro‘z bayrami bilan tabrikladi.

'Bayram kuni O'zbekistonda ob-havo qanday bo'ladi?'ning rasmi

Jamiyat Bugun 03:43

Bayram kuni O'zbekistonda ob-havo qanday bo'ladi?

“O‘zgidromet” prognozlarni e’lon qildi.