AsosiyJamiyat

DHH giyohvandlik hamda kuchli ta'sir qiluvchi dori vositalari noqonuniy aylanmasiga chek qoʻydi

Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan hududlarda giyohvandlik hamda kuchli ta'sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasi toʻxtatib qolindi.

'DHH giyohvandlik hamda kuchli ta'sir qiluvchi dori vositalari noqonuniy aylanmasiga chek qoʻydi'ning rasmi

Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda Oqoltin tumanidagi “Sardoba” YPH maskanida tezkor tadbir oʻtkazildi.

Unda, “Toshkent-Jizzax” yoʻnalishida harakatlanayotgan Jizzax viloyatining Baxmal tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan shaxs boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomashina toʻxtatilib, koʻzdan kechirildi. 

Natijada, avtomashina yukxonasiga 3080 dona “Regapen” nomli kuchli ta'sir qiluvchi dori vositalari yashirib qoʻyilganligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi. Shuningdek, mazkur shaxsning jinoiy sherigi boʻlgan – Baxmal tumanida yashovchi fuqaro ham qoʻlga olindi. 

Ta'kidlanishicha, ushbu dori vositalari Qirgʻizistondan aylanma yoʻllar orqali olib kelingan.

DXX xodimlari tomonidan bojxona organlari bilan hamkorlikda Fargʻona shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Fargʻona tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan shahs Qirgʻizistondan keltirilgan 2799 dona “Regapen” kuchli ta'sir qiluvchi dori vositalarini 65 mln soʻmga sotgan vaqtida ushlandi.

Fargʻona viloyatida kuzatilgan yana bir holatda, Fargʻona tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan shaxs “oʻzbek-qirgʻiz” davlat chegarasida belgilangan tartibni qoʻpol ravishda buzib, Qirgʻizistondan 5600 dona “Regapen” kuchli ta'sir qiluvchi dori vositalarini olib oʻtgan vaqtida Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.

Bu yoʻnalishda DXX Xorazm viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari ham bojxona idoralari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazishdi. 

Unda “Toshkent-Xorazm” yoʻnalishida harakatlanayotgan yuk mashinasi Hazorasp tumanida toʻxtatilib koʻzdan kechirildi va uning yukxonasidagi maishiy konditsioner ichiga yashirib qoʻyilgan 1 kg 814 gr “opiy” moddasi tegishli tartibda hujjatlashtirib olindi. 

Ushbu ajal ogʻusi Hazorasp tumanida tugʻilgan fuqaroga tegishli ekanligi aniqlanib, tezkor tadbir davom ettirildi va u konditsionerni qabul qilib olgan vaqtida ushlandi. Shuningdek, uning yashash xonadonidan ham 158 gr “opiy” va 1 kg 988 gr “gashish” moddalari olindi.

Bundan tashqari, mazkur shaxsni giyohvandlik vositalari bilan ta'minlab kyelgan, Surxondaryo viloyatining Denov tumanida yashovchi 2 nafar fuqaro ham ushlanib, ulardan birining yashash xonadonidan 424 gr “opiy” moddasi olindi. 

Ushbu holatda narkotik moddalar Tojikistondan olib kelinganligi aniqlandi.

DXX Andijon viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Qoʻrgʻontyepa tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Andijon shahri tomon harakatlanayotgan “Neksiya” rusumli avtotransport vositasi toʻxtatilib xolislar ishtirokida koʻzdan kechirildi.

Natijada, unda yoʻlovchi sifatida ketayotgan 2 nafar fuqaroga tegishli boʻlgan va Qirgʻizistondan keltirilgan 4 kg 861 gr “Pregabalin” nomli kuchli ta'sir qiluvchi modda borligi ma'lum boʻldi. Soʻngra tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu kuchli ta'sir qiluvchi moddalarni qabul qilib olgan vaqtida Andijon shahrida yashovchi shaxs ushlandi.
 
Shuningdek, uning tanishlari boʻlgan Shahrihon tumanida istiqomat qiluvchi 2 nafar ayol ham protsyessual tartibda ushlanib, ulardan 1 kg 987 gr “Pregabalin” moddasi hamda 1342 dona “Regapyen” nomli kuchli ta'sir qiluvchi dori vositalari olindi.

Hozirda barcha holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllangan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar

'Islom olami robitasi O‘zbekiston bilan birinchi rasmiy aloqalarini Islom sivilizatsiyasi markazidan boshlaydi'ning rasmi

Jamiyat Bugun 18:16

Islom olami robitasi O‘zbekiston bilan birinchi rasmiy aloqalarini Islom sivilizatsiyasi markazidan boshlaydi

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi hamda Saudiya Arabistonining Makka shahrida joylashgan Islom olami robitasi o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

'Dam olish kunlari yana havo isiydi'ning rasmi

Jamiyat Bugun 17:51

Dam olish kunlari yana havo isiydi

“O‘zgidromet“ning ob-havo prognozi bilan tanishing.

'Tbilisi-Toshkent yo‘nalishidagi samolyot uchish aeroportiga favqulodda qaytib qo‘ndi'ning rasmi

Jamiyat Bugun 14:41

Tbilisi-Toshkent yo‘nalishidagi samolyot uchish aeroportiga favqulodda qaytib qo‘ndi

Hozirda samolyot texnik diagnostikaga olingan, yo‘lovchilar Toshkentga boshqa zaxira bort orqali keltirilgan.

'Qashqadaryoda hali ishga solinmagan kamida 15 milliard dollarlik salohiyat bor — Prezident'ning rasmi

Jamiyat Bugun 13:29

Qashqadaryoda hali ishga solinmagan kamida 15 milliard dollarlik salohiyat bor — Prezident

Qashqadaryo viloyatini kompleks rivojlantirishning ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

'Samarqandda giyohvandlik moddalarini pullab yurgan ikki nafar shaxs qo‘lga tushdi'ning rasmi

Jamiyat Bugun 09:37

Samarqandda giyohvandlik moddalarini pullab yurgan ikki nafar shaxs qo‘lga tushdi

Holat yuzasidan ikkala fuqaroga ham qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.