AsosiyJamiyat

Navro`z bayrami kunlarida mahalliy aviareyslar uchun chegirma e`lon qilindi

'Navro`z bayrami kunlarida mahalliy aviareyslar uchun chegirma e`lon qilindi'ning rasmi

"Uzbekistan Airways" 21-24 mart kunlari amalga oshiriladigan barcha mahalliy aviaqatnovlar uchun 30 foizlik chegirma e`lon qildi.

Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda «Uzbekistan Airways» AJ axborot xizmati rahbari Dilorom Kaimbaeva ma`lum qildi.

Ushbu chegirmalardan nafaqat yurtdoshlarimiz, balki chet el fuqarolari ham qo`llanishlari mumkin.

Tarifdan 30% chegirma asosida taqdim etiladigan aviachiptalarni bugundan, ya`ni 1 martdan boshlab 24 mart kuniga qadar xarid qilish mumkin.

Yana bir bor eslatib o`tamizki, ushbu chegirmalar faqat 21 martdan – 24 mart kuniga qadar amalga oshiriladigan mahalliy yo`nalishlardagi aviaqatnovlar uchun qo`llanadi.


 

 

 

    Boshqa yangiliklar