“O`zgidromet” xabariga ko`ra, bugun ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyatida yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 2-7° iliq bo`ladi.
Poytaxtda kechga tomon biroz yog`ingarchilik (yomg`ir yog`adi, qorga aylanishi mumkin) bo`ladi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 4-6° iliq bo`ladi.
Tog`li hududlarda ba`zi joylarda qor yog`adi, tuman tushadi. Qor ko`chish xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2° sovuq-3° iliq bo`ladi.






