AsosiyJamiyat

Xorazmda o`qituvchi boshlang`ich sinf o`quvchilarini ayovsiz kaltakladi (video)

'Xorazmda o`qituvchi boshlang`ich sinf o`quvchilarini ayovsiz kaltakladi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda o`qituvchi dars jarayonida boshlang`ich sinf o`quvchilarini ayovsiz kaltaklagani aks etgan video tarqalmoqda.

Bosh prokuratura Matbuot xizmati boshlig`ining ma`lum qilishicha, holat Xonqa tumanidagi 36-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabida sodir bo`lgan.

 Hodisa yuzasidan ichki ishlar organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o`tkazilmoqda.

Tekshiruv doirasida o`quvchilarda tan jarohatlarini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Tekshiruv harakatlari Xorazm viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olinganligi xabar qilinmoqda.

    Boshqa yangiliklar