O`zbekistonliklar Germaniyadagi yuqori maoshli ishga taklif etilmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
18-40 yoshli payvandchi va elektriklar Germaniyadan taklif qilinayotgan ishlarning oylik maosh 1800 evrodan boshlanadi.
Ma`lum qilinishicha, Germaniyaga aviachipta va transfer xarajatlari ish beruvchi hisobidan qoplanadi.
Nomzodlardan quyidagilar talab etiladi:
- nemis tili bo`yicha Gyote, ECL, ÖsD yoki Telc dan B1 sertifikat;
- elektrik yoki payvandchi sohalarida kollej, texnikum yoki bakalavr diplomi;
- sohada kamida 1 yillik tajriba.
Ishlash istagida bo`lganlar quyidagi havola orqali ro`yxatdan o`tishlari lozim.






