Xitoyda birinchi marta AutoFlight uchuvchisiz samolyoti ikki shahar o`rtasida yo`lovchilarni tashidi. Bu haqida
AutoFlight kompaniyasi samolyoti yo`lovchilarni Shenchjendan Chjuxayga, 50 km masofaga bor-yo`g`i 20 daqiqada olib bordi. Bu yo`nalishdagi sayohat avtomobil bilan 2-3 soat davom etgan bo`lardi.
Aerotaksi to`rtta yo`lovchini 250 km masofaga tashishga qodir. Parvoz tezligi soatiga 200 km bo`lishi mumkin. Endi AutoFlight to`lov evaziga xizmatni uchish uchun lisenziya olishni rejalashtirmoqda. Agar reja amalga oshirilsa, Shenchjendan yiliga 300 ming reys amalga oshirish rejalashtirilgan.






