AsosiyJamiyat

Toshkentdagi maktab oshxonalarida savdosi taqiqlangan mahsulotlar aniqlandi

'Toshkentdagi maktab oshxonalarida savdosi taqiqlangan mahsulotlar aniqlandi'ning rasmi

Sanepidqo`mita Toshkent shahar boshqarmasi Yashnobod tuman bo`limi bolalar va o`smirlar gigienasi bo`linmasi  xodimlari  tomonidan 156-sonli maktab oshxonasida  murojaat asosida o`rganish ishlari o`tkazildi.

Shu bilan birga aynan shu kabi nazorat tadbiri Olmazor tuman bo`limi xodimlari  tomonidan 134-sonli ta`lim muassasasida epidemiologik ko`rsatkich asosida  olib borildi.

Nazorat davomida maktab oshxonasida taqiqlangan mayonez va ketchup qo`shilgan mahsulotlar, rangli va gazli ichimliklar, saqichlar, qotirilgan nonlar, har xil turdagi qandolat mahsulotlari sotilayotganligi  aniqlandi va o`rnatilgan tartibda ushbu mahsulotlar  brakeraj qilindi.

Eslatib o`tamiz, maktab oshxonalarida taqiqlangan mahsulotlar savdosini cheklash va ularni  nazorat  qilib borish maktab hududida tashkil etilgan brakeraj komissiyasi vakolatiga ham kiradi. Shuningdek, maktab oshxonasiga sotish uchun olib kelingan har bir mahsulotni sifat ko`rsatkichlariga mosligi brakeraj komissiyasi tomonidan ko`rib chiqilishi va taqiqlangan mahsulotlar ular tomonidan savdodan olinishi kerak.

    Boshqa yangiliklar