AsosiyJamiyat

Olmaliqda avtomaktab direktori o`rinbosari ushlandi

'Olmaliqda avtomaktab direktori o`rinbosari ushlandi'ning rasmi

Angren va Olmaliq shaharlarida firibgarlik holatlari aniqlandi, deya xabar qildi DXX matbuot xizmati.

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo`yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida, firibgarlik bilan bog`liq holatlarga chek qo`yildi.

Xususan, Angren shahrida yashovchi, 1974 y.t. K.S. huquq-tartibot idoralaridagi mansabdor tanishlari orqali fuqaroni Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasiga ishga kiritib qo`yish evaziga 5000 AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Boshqa holatda esa Olmaliq shahrida joylashgan xususiy avtomaktab direktorining o`rinbosari Ch.X. mahalliy fuqaroga o`quv kurslariga qatnashmasdan, haydovchilik guvohnomasini olib berish evaziga 3000 AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Ta`kidlanishicha, Ch.X. muqaddam Jinoyat Kodeksining 166-moddasi (talonchilik) va 277-moddasi (bezorilik) bilan sudlangan bo`lsada, o`z xatosidan to`g`ri xulosa chiqarmagan.

Hozirda har ikkala qonunbuzarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 2-qismi «a» bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilgan.
 

    Boshqa yangiliklar