Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining hindistonlik talabasi vafot etdi. Bu haqda institut axborot xizmati xabar qildi.
Dastlabki berilgan ma`lumotlarga ko`ra, 2003 yilda tug`ilgan, institutning ikkinchi kurs talabasi Navas Nasmel kecha, 28 fevral kuni talabalar turar joyidagi o`z xonasida sog`lig`i yomonlashgan va tez tibbiy yordam chaqirtirilgan.
Zudlik bilan Buxoro viloyati Yuqumli kasalliklar shifoxonasiga olib borilgan. Ko`rsatilgan zarur tibbiy yordam va muolajalarga qaramasdan Hindiston Respublikasi fuqarosi, a`lochi talabalarimizdan biri Navas Nasmel vafot etdi.
Dastlabki tashxisga ko`ra, marhum ikki tomonlama o`pkalarning total pnevmaniyasi natijasida yuzaga kelgan o`tkir nafas etishmovchiligidan vafot etgan.
O`z vaqtida ma`muriyat tomonidanHindistonning mamlakatimizdagi elchixonasi hamda talabaning yaqinlari xabardor qilindi.
Bosh prokuratura matbuot kotibiga ko`ra, holat yuzasidan Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.






