AsosiyDunyo

Ramazongacha garovga olinganlar qaytarilmasa, Isroil Rafahdagi harbiy amaliyotini kengaytiradi — mudofaa vaziri

'Ramazongacha garovga olinganlar qaytarilmasa, Isroil Rafahdagi harbiy amaliyotini kengaytiradi — mudofaa vaziri'ning rasmi

Isroil mudofaa vaziri Benni Gantz, agar Xamas tomonidan garovga olinganlar Ramazon oyi boshlanishidan oldin qaytarilmasa, Isroil kuchlari Rafahdagi harbiy amaliyotlarini kengaytiradi, deya xabar bermoqda CNN.

“Dunyo bilishi kerak va XAMAS etakchilari ham bilishi kerak, agar garovga olinganlar Ramazongacha uyda bo`lmasa, Rafah hududida janglar davom etadi. Biz buni muvofiqlashtirilgan tarzda amalga oshiramiz, tinch aholi qurbonlarini minimallashtirish uchun amerikalik va misrlik hamkorlarimiz bilan muloqotda tinch aholini evakuasiya qilishga yordam beramiz.

Narx juda og`ir deganlarga men buni juda aniq aytaman: XAMASning tanlovi bor – ular taslim bo`lishi, garovga olinganlarni ozod qilishi, G`azon fuqarolari esa muqaddas Ramazon bayramini nishonlashlari mumkin”, — dedi u.

Musulmonlarning muqaddas Ramazon oyi 10 yoki 11 martda boshlanishi kutilmoqda.

Isroil 7 oktyabr voqealaridan keyin XAMASni yo`q qilish uchun Rafahdagi quruqlikdagi operasiyalarini kengaytirishni rejalashtirayotganini aytdi. Ammo u erdagi 1,5 millionga yaqin falastinlikning boradigan joyi qolmaydi, degan xavotir kuchaymoqda.

 

    Boshqa yangiliklar