Hukumat qarori (95-son, 17.02.2024 y.) bilan “Yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarini qoplab berish bo`yicha davlat xizmatini ko`rsatishning ma`muriy reglamenti” tasdiqlandi, deya xabar bermoqda Adliya vazirligi.
Unga ko`ra, ariza beruvchi xalqaro IT-sertifikat berilgan sanadan 180 kalendar kun mobaynida mazkur sertifikatni olish xarajatlarini qoplab berishni so`rab, YaIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qilishi lozim.
Ariza beruvchining xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarining 60 foizigacha bo`lgan qismini qoplab berishda ingliz tilini bilish darajasini belgilovchi sertifikat talab etilmaydi.
Xalqaro IT-sertifikatlar boshlang`ich darajada bo`lganda 30 foiz, o`rta darajada bo`lganda 40 foiz hamda professional darajada bo`lganda 60 foiz miqdorda sarflangan xarajatlar qoplab beriladi.
Ingliz tili bo`yicha V2 va undan yuqori darajadagi hamda professional darajadagi xalqaro IT-sertifikatga ega bo`lgan yoshlarning xalqaro IT-sertifikatni olish xarajatlari to`liq qoplab beriladi.






