AsosiyJamiyat

"Umra" safaridagi mashmasha sabab bir kishi qamoqqa olindi

'"Umra" safaridagi mashmasha sabab bir kishi qamoqqa olindi'ning rasmi

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Umra amalini bajarish uchun Makka va Madina shaharlariga kelgan va Vatanga qaytish bilan bog`liq muayyan qiyinchiliklarga duch kelgan o`zbekistonlik ziyoratchilar haqida videolar tarqalgan edi. Shundan so`ng, Diniy qo`mita fuqarolarni olib kelish bo`yicha choralar ko`rilayotganini ma`lum qildi. Shuningdek, Turizm qo`mitasi “Panorama airways” tomonidan parvozlarning kechikishi tufayli fuqarolarning "Umra" safaridan qayta olmayotganligi yuzasidan rasmiy munosabat bildirib, moddiy va ma`naviy zarar undirib berilishini ma`lum qildi.

Ayni paytda Bosh prokuratura holat bo`yicha rasmiy bayonot e`lon qildi. 

Ma`lum qilinishicha, Transport prokuraturasi tomonidan o`zbekistonliklarni Umra safaridan qaytarish choralari ko`rmagan hamda boshqa jiddiy qonunbuzilish holatlariga yo`l qo`ygan xususiy avikompaniya mansabdor shaxslariga nisbatan qo`zg`atilgan jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.  

Jinoyat ishi doirasida 1 nafar shaxsga nisbatan “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

"Ish bo`yicha haqiqatni aniqlashga to`sqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi", - deyiladi xabarda. 

 

 

    Boshqa yangiliklar