PromRating axborot agentligi ma`lumotlariga ko`ra, 2023 yil oxiriga kelib UzAuto Motors MDHda avtomobil ishlab chiqarish bo`yicha etakchiga aylandi. Ushbu e`tiborga molik yutuq nafaqat mamlakatning mintaqa avtomobil bozoridagi ahamiyatini, balki UzAuto Motors kompaniyasining jadal rivojlanishidan ham dalolat beradi. Bu muvaffaqiyat O`zbekiston uchun iqtisodiyotning jadal rivojlanib borayotgani, jahon miqyosidagi o`rni mustahkamlanayotganining timsoliga aylanib bormoqda.
O`zbekiston avtomobil sanoatining rivojlanish tendensiyalari UzAuto Motors nafaqat taniqli kompaniyalar bilan muvaffaqiyatli raqobatlashayotganini, balki sifat va ishlab chiqarish samaradorligining yangi standartlarini yaratayotganini ko`rsatmoqda. Bu o`z navbatida, MDHning jahon avtomobilsozlik maydonidagi muhim o`yinchi sifatidagi obro`sini mustahkamlashga olib keladi.
Ta`kidlash joizki, narx-sifatning optimal nisbati bizga qo`shni bozorni zabt etish imkonini berdi. Chevrolet avtomobillari 2023 yilda Qozog`istonda sotuvlar bo`yicha etakchi o`rinlarni egalladi. Bundan tashqari, 2023 yil oxirida Qozog`istonda eng ko`p sotilgan model Chevrolet Cobalt bo`ldi va yangi Chevrolet Onix TOP 5 ga kirdi. Bu mintaqada ushbu markadagi avtomobillarning yuqori raqobatbardoshligi va ommabopligidan dalolat beradi.
2023 yilda MDHda avtomobil ishlab chiqarish bo`yicha etakchilar:
1. “UzAuto Motors” (O`zbekiston): 395 395
2. AVTOVAZ (Rossiya): 374 077
3. Haval Motor Manufacturing Rus (Rossiya): taxminan 100 000
4. “Allur” (Qozog`iston): 82 854
5. “BelDji“ (Belarus): taxminan 65 000
6. “Hyundai Trans Almaty“ (Qozog`iston): 46 159
7. UAZ (Rossiya): 39 453
8. “Moskvich” (Rossiya): 15 000 dan ortiq
O`zbekiston haqiqatda Chevrolet brendi bo`yicha AQShdan keyingi ikkinchi yirik bozorga aylangani avvalroq xabar qilingan edi. Bu O`zbekistonni nafaqat MDH, balki jahonda avtomobilsozlik sanoatining muhim ishtirokchisi darajasiga ko`taradi.






