AsosiyDunyo

Chilida o`rmon yong`inlari avj olmoqda: qurbonlar soni 100 dan oshib ketdi, 400dan ortiq odam bedarak yo`qolgan (video)

'Chilida o`rmon yong`inlari avj olmoqda: qurbonlar soni 100 dan oshib ketdi, 400dan ortiq odam bedarak yo`qolgan (video)'ning rasmi

Chilidagi o`rmon yong`inlari oqibatida kamida 100dan ortiq odam halok bo`ldi. Yangilangan ma`lumot davlat sud-tibbiyot ekspertizasi xizmati tomonidan X ijtimoiy tarmog`ida keltirildi. Ilgari 64 kishi halok bo`lgani, 372 nafari bedarak yo`qolganligi ma`lum edi.

Qurbonlar soni ortishi mumkin, dedi avvalroq Chili prezidenti Gabriel Borich. Qutqaruvchilar vayron bo`lgan uylarni ko`zdan kechirmoqda. Ba`zi jabrlanganlar kasalxonada og`ir ahvolda.

Chili markazida 2 fevral kuni yong`inlar yuz berdi. Ular Vina del Mar shahri yaqinidagi Valparaiso mintaqasida eng katta intensivlikka erishdilar. Kamida 1,6 ming kishi uy-joysiz qoldi. 1931 yilda tashkil etilgan botanika bog`i vayron qilingan. Chili Valparaiso viloyatida favqulodda holat e`lon qildi. Mamlakatda 5 fevraldan boshlab uch kunlik motam e`lon qilindi.

    Boshqa yangiliklar