AsosiyJamiyat

Farg`onada metan "zapravka"dagi janjal sabab 23 yoshli yigit vafot etdi

'Farg`onada metan "zapravka"dagi janjal sabab 23 yoshli yigit vafot etdi'ning rasmi

Farg`onadagi gaz zapravkada sodir bo`lgan janjalda 23 yoshli yigit vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi. 

Ma`lum qilinishicha, 3 fevral kuni Dang`ara tumanida joylashgan avtomobillarga gaz to`ldirish shaxobchasida uch nafar shaxs o`zaro janjallashgan. 

Shu paytda bezorilikni oldini olish maqsadida, ularni ajratish uchun kelgan boshqa shaxsga (2001 y.t.) ham faol qarshilik ko`rsatilgan. Bir necha vaqtdan so`ng, ushbu shaxs xushini yo`qotgan va shifoxonaga olib borilayotgan vaqtida vafot etgan.  

Olib borilgan tergov oldi tekshirish harakatlari davomida Dang`ara tumani IIB huzuridagi TG tomonidan ikki nafar shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan va ular prosessual tartibda ushlangan.  

Marhumning o`limi yuzasidan Dang`ara tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda. Uning o`lim sababini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertizasi tayinlangan.  

Tergov va tekshirish harakatlari har tomonlama, to`liq va xolisona o`tkazilishi va natijasi bo`yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta`minlanadi.

    Boshqa yangiliklar