AsosiyDunyo

Qirg`izistonga O`zbekistondan suyultirilgan gaz jo`natmasi etib keldi (video)

'Qirg`izistonga O`zbekistondan suyultirilgan gaz jo`natmasi etib keldi (video)'ning rasmi

O`zbekiston Qirg`iziston hududiga Bishkek issiqlik elektr stansiyasidagi avariyadan so`ng insonparvarlik yordami ko`rinishida 1 mingga yaqin ballon tabiiy gaz etkazib berdi.

Bu haqda Qirg`iziston hukumati huzuridagi respublika shtabi ma`lum qildi.

“3 fevral kuni O`zbekistondan Jalolobod shahriga to`qqizta yuk tashuvchi avtomashinada 1000 dona gaz ballonlari keltirildi”, — deyiladi xabarda.

Shtabning bildirishicha, gaz ballonlari yaqin orada Jaloloboddan Bishkekka jo`natiladi. Turkmaniston prezidenti ham avvalroq qo`shni respublikaga suyultirilgan gaz ko`rinishida gumanitar yordam ko`rsatish niyatida ekanini ma`lum qilgan edi.

Eslatib o`tamiz, 2 fevralga o`tar kechasi Bishkekdagi issiqlik elektr stansiyasida avariya yuz berib, besh kishi jabrlangan edi.

    Boshqa yangiliklar