Ijtimoiy tarmoqda Navoiy viloyatining Xatirchi tumanidagi ba`zi hududlari 15 soat elektr energiyasidan uzilib qolgani aytilgan xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ rasmiy munosabat bildirdi.
Unga ko`ra, Xatirchi tumani 35/10 «Shavot» podstansiyasidagi chiquvchi «Navro`z» 10 kVlitarmoqning Do`stlik va Tasmachi qishloqlari oralig`idagi tayanchlarning birida nosozlik yuzaga kelgan. Shu sababli yuqoridagi aholi yashash punktlari kuchlanishsiz qolgan. Bundan tashqari, 35/10 kVli «Uchqara» podstansiyasidan chiquvchi «Mirdosh» 10 kVli havo uzatish tarmog`ida yuzaga kelgan nosozlik sabab favqulodda o`chgan. Natijada Oltinobod hamda Mirdosh mahallalari kuchlanishsiz qolgan.
Yuqoridagi hududlarda tezkor brigadalar tomonidan ish tashkil etilib, nosozliklar to`liq bartaraf etilib tarmoqlarga kuchlanish berilgan.






