Quyidagi jismoniy shaxslar davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega:
1)kam ta`minlangan shaxslar, agar ular:
- fuqarolik ishlari bo`yicha da`vogarlar yoki javobgarlar;
- ma`muriy ishlar bo`yicha arizachilar;
- ma`muriy qamoq tarzidagi ma`muriy jazo nazarda tutilgan ma`muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslar;
- jinoyat ishlari bo`yicha gumon qilinuvchilar, ayblanuvchilar, sudlanuvchilar, shuningdek mahkumlar bo`lsa;
2)ruhiy holati buzilgan jismoniy shaxslar, ularga “Psixiatriya yordami to`g`risida”gi Qonunga muvofiq psixiatriya yordami ko`rsatilayotganda;
3)o`z huquqlari buzilgan, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to`g`risida”gi Qonunda nazarda tutilgan xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi buzilganligi munosabati bilan sudga murojaat qilgan jismoniy shaxslar;
4)Jinoyat-prosessual kodeksiga muvofiq jinoyat ishi bo`yicha advokat ishtirok etishi shart bo`lgan taqdirda, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi.






