AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonning ba`zi hududlarida yog`ingarchilik bo`ladi

'Bugun O`zbekistonning ba`zi hududlarida yog`ingarchilik bo`ladi'ning rasmi

“O`zgidromet” xabariga ko`ra, bugun Qoraqalpog`iston Respublikasining ba`zi joylarida biroz yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg`ona vodiysi viloyatlarida kunning birinchi yarmida ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Qolgan hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3-8° iliq bo`ladi.

Poytaxtda kunning birinchi yarmida biroz qor yog`adi, tuman tushishi mumkin. Shamol  5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 3-5° iliq bo`ladi.

Tog` oldi va tog`li hududlarda ba`zi joylarda qor yog`adi, tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog`li hududlarida qor ko`chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 2-7° sovuq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar