AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoevning topshirig`i bilan Bishkek IESdagi avariya bo`yicha Qirg`izistonga yordam ko`rsatiladi

'Shavkat Mirziyoevning topshirig`i bilan Bishkek IESdagi avariya bo`yicha Qirg`izistonga yordam ko`rsatiladi'ning rasmi

O`zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Qirg`iziston tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubaev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Qirg`iziston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Baxtiyor Saidovning so`zlariga ko`ra, Bishkekdagi issiqlik elektr stansiyasida yuzaga kelgan avariya munosabati bilan O`zbekiston tomoni prezident Shavkat Mirziyoevning topshirig`iga asosan Qirg`izistonga yordam ko`rsatishga tayyor.

“Xususan, o`zbek tomoni yordam tariqasida Andijondan O`sh shahriga suyultirilgan gaz ballonlari etkazib berilishini ma`lum qildi. O`z navbatida Qirg`iziston tashqi siyosat idorasi rahbari Jeenbek Kulubaev birodar sifatidagi insonparvarlik yordamiga tayyorligi uchun samimiy minnatdorlik bildirdi”, – deyiladi xabarda.

 

    Boshqa yangiliklar