AsosiyJamiyat

Toshkentda foiz evaziga pul berib, qarzdorlarning uy-joylarini tortib olish bilan shug`ullangan shaxs ushlandi

'Toshkentda foiz evaziga pul berib, qarzdorlarning uy-joylarini tortib olish bilan shug`ullangan shaxs ushlandi'ning rasmi

Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi («Tovlamachilik»), 168-moddasi («Firibgarlik») bilan tergov qilinayotgan jinoyat ishi doirasida 1993 yilda tug`ilgan A. Abdugappor o`g`li jinoyat sodir etganlikda gumonlanib ushlangan. Unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llangan. Bu haqda IIBB Matbuot xizmati xabar bermoqda.

"O`tkazilgan tergov harakatari davomida aniqlanishicha, ushbu shaxs fuqarolarga foiz evaziga pul berib, qarz olgan shaxsning nomida bo`lgan turar-joy va transport vositalarini garov evaziga o`zining nomiga rasmiylashtirib olgan. Fuqarolar belgilangan muddatda qarz va foizlarini bermagan taqdirda uy-joydan oilasi bilan chiqarib yuborish va transport vositasini tortib olish bilan shug`ullanib kelgan. Vaholanki, garovga qo`yilgan mulk miqdori foiz evaziga berilgan pul mablag`idan 3-4 barobar ko`p bo`lgan.

Hurmatli fuqarolar agar Siz ushbu shaxsdan jabr ko`rgan bo`lsangiz yoki ushbu shaxsning jinoiy xatti-harakatlari bo`yicha biror ma`lumotga ega bo`lsangiz Toshkent shahar IIBBning 71-206-45-69, 71-206-49-46 yoki 102 raqamlariga yoxud 99-370-73-94 telegram raqamiga murojaat qilishingizni so`raymiz. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi", deyiladi IIBB xabarida.

    Boshqa yangiliklar