2 fevral kuni kattaligi osmono`par binodek bo`lgan asteroid Erdan 2,7 million km uzoqlikda uchdi.
“Xavotir olmang: uning bizga qulashi ehtimoli yo`q, chunki u Erdan Oygacha bo`lgan masofadan etti barobar uzoqlikda sayyoramiz yonidan uchib o`tadi”, — dedi NASA.
NASAning Erga yaqin ob`ektlarni o`rganish markazi asteroidning diametri 480 metrgacha bo`lishi mumkinligini taxmin qilmoqda. Bu shuni anglatadiki, asteroid hajmini Nyu-York Empire State Building (102 qavatli osmono`par bino) bilan solishtirish mumkin. Asteroid 2008 yilda topilgan va 2008 yil OS7 deb belgilangan. U faqat 2032 yilda bizdan yana uchib o`tadi, lekin allaqachon 72 million km masofada.
Bundan tashqari, shu kuni yana uchta, 3 fevralda esa yana ikkitasi ancha kichikroq asteroidlar Er ustidan uchib o`tadi. 4 fevral kuni bizdan 7 million km uzoqlikda 2008 0S7 ning taxminan yarmi kattaligidagi yana bir asteroid uchib o`tadi.






