AsosiyJamiyat

Farg`onada kuyovdan kelin sepi MIB orqali undirib olindi

'Farg`onada kuyovdan kelin sepi MIB orqali undirib olindi'ning rasmi

Farg`onada 2023 yil avgustda turmush qurgan kelin va kuyov kelishmovchilik sababli birga yashashmaydi. Bu vaqtda seplarini qaytarishga uringan kelin kuyovdan ularni qaytarib ololmaydi. 

2023 yil 19 oktyabrda Farg`ona tumanlararo sudi tomonidan kelinga mol-mulklarni qaytarib berish to`g`risida qaror chiqarilib, hujjat MIB shahar bo`limiga undirib berish uchun yuborilgan.

Ijro hujjatiga asosan undiruvchi M.Z. foydasiga qarzdor A.A.dan jami 34 turdagi 10.920.000 so`mlik mulklar olib berilishi ko`rsatilgan.

Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida 2023 yil 20 noyabr kuni undiruvchi M.Z.ga qarzdor A.A.dan barcha mulklar to`liq olib berilgan.

 

    Boshqa yangiliklar