AQShning Nyu-Jersi shtatidagi Ueyn shahridagi oilaviy fermadan 200 ga yaqin qovoq o`g`irlab ketildi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.
Ferma egasining o`g`li Todd Kyumning jurnalistlarga va polisiyachilarga ma`lum qilishicha, qovoq o`g`rilarining furgoni kuzatuv kameralariga tushib qolgan.
Videoyozuvdan ma`lum bo`lishicha, gumondorlar to`rt kishi bo`lgan. Ular qovoqlarni ilk urinishdayoq olib ketisha olmagan. Shuning uchun ular qovoqning qolgan qismi uchun ikki marta qaytib kelishga majbur bo`lgan.
120 yildan beri shu ish bilan shug`ullanadigan ferma egalarining aytishicha, ular ko`rgan zarar miqdori 2,5 ming dollardan 3 ming dollargacha.
Ferma egalari polisiyaga qovoq o`g`rilarini topish va hibsga olishga yordam beradigan istalgan ma`lumot uchun 1000 dollar mukofot puli berishlarini ma`lum qilgan.
Qovoqlar har yili 31 oktyabrda an`anaviy tarzda o`tkaziladigan Xellouin bayramiga bir necha kun qolganida o`g`irlangan.
Qovoqdan qirqilgan yoritgichlar—bu an`anaviy bayram bezagi. Bundan tashqari, amerikaliklar mazkur bayramga qovoqli piroglar pishirishadi.





