AQSh harbiylari Suriyaning Rakka shahrini ozod etish bilan shug`ullanayotgan bir paytda, DAISh terrorchilari mamlakat chegarasida yangi teraktlar tayyorlamoqda. Bu haqda AQSh qo`shinlarining Suriya va Iroqdagi qo`mondoni Stiven Taunsend so`zlariga asoslanib, “Segodnya.ua” xabar bermoqda.
Ma`lum bo`lishicha, terroristik hujumlar Rakka shahrining o`zida o`tkazilishi rejalashtirilgan.
“Bilishimizcha, ular nimagadir hozirlik ko`rmoqda. Bu hujum mamlakat tashqarisidan bo`lishi ham mumkin. Shunisi aniqki, tayyorgarlik Rakkaning o`zida yuz bermoqda. O`ylashimizcha, biz Rakkaga tez orada etib borishimiz kerak”,—deydi qo`mondon.
Shuningdek, generalning aytishicha, ularda hozircha terrorchilar aniq qaysi hududga hujum qilishi haqidagi ma`lumotlar yo`q.





