Prezident Administrasiyasi rahbari Sardor Umurzoqov vazifasidan ozod etildi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar bermoqda
Sardor Umurzoqov prezident maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.
Eslatib o`tamiz, 2022 yilning 16 iyul kuni Sardor Umurzoqov prezident farmoni bilan prezident Administrasiyasi lavozimiga tayinlangan edi. U prezident Administrasiyasiga tayinlangunga qadar Bosh vazirning investisiyalar va tashqi iqtisodiy masalalar bo`yicha o`rinbosari - investisiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimida ishlagan.






