AsosiyJamiyat

O`zbekistonda byudjet xarajatlari keskin oshdi - Jamshid Qo`chqorov

'O`zbekistonda byudjet xarajatlari keskin oshdi - Jamshid Qo`chqorov'ning rasmi

Yanvar–iyun oylarida respublika byudjeti xarajatlari 2022 yilning yarim yilligiga nisbatan 25 foizga o`sgan. Xarajatlarning teng yarmi ijtimoiy sohaga yo`naltirilgan. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yig`ilishida ma`lum qilindi.

Majlisda iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo`chqorov 2023 yilning dastlabki 6 oyi davomida bajarilgan byudjet ijrosi bo`yicha hisobot berdi.

“Birinchi yarim yillikda davlat byudjeti daromadlari 100 trillion so`mni tashkil etdi. Shundan 76 trillion so`mi soliq, 24 trillion so`mi bojxona tushumlari hissasiga to`g`ri keldi. Davlat byudjeti xarajatlari esa jami 129 trillion so`mdan oshdi. Shundan ijtimoiy sohalarga 65 trillion so`m yo`naltirildi”, — dedi vazir.

 


 

    Boshqa yangiliklar