AsosiyJamiyat

Toshkentdagi Shimoliy vokzal oldidagi er osti tunneli vaqtincha yopiladi

'Toshkentdagi Shimoliy vokzal oldidagi er osti tunneli vaqtincha yopiladi'ning rasmi

"Uch qahramon" badiiy filmining navbatdagi epizodlari poytaxtning Kichik halqa yo`li Shimoliy vokzalning tunnelida tasvirga olinishi munosabati bilan mazkur tunnelda avtotransportlar harakati vaqtincha to`xtatiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etlishicha, avtomobillar harakati 5 avgust 23:00 dan 6 avgust 09:00 ga qadar va 6 avgust 23:00 dan 7 avgust 09:00 ga qadar cheklanadi.

Tasvirga olish jarayonida barcha xavfsizlik choralari ko`riladi.

Shuningdek, hokimlik poytaxt aholisi va mehmonlaridan yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun uzr so`ragan.

    Boshqa yangiliklar