AsosiyDunyo

Rossiya mudofaa xarajatlarini ikki baravarga oshirdi

'Rossiya mudofaa xarajatlarini ikki baravarga oshirdi'ning rasmi

Rossiya 2023 yilga mo`ljallangan mudofaa xarajatlarini ikki baravarga oshirgan. Bu  miqdor 100 milliard dollardan ziyodni tashkil etib, barcha hukumat xarajatlarining uchdan bir qismini tashkil etdi, deya xabar bermoqda Reuters  . 

Birgina 2023 yilning birinchi yarmida Rossiya mudofaaga 12 foiz yoki 600 milliard rubl, 4,98 trillion rubldan ortiq mablag` sarfladi. (54 milliard dollar).

Allaqachon byudjet taqchilligi taxminan 28 milliard dollarni tashkil etib, bu ko`rsatkich eksport tushumlarining kamayishi bilan kuchaygan. Mudofaa xarajatlarining oshishi taqchillikni yanada kengaytirishi mumkin, ishlab chiqarishning o`sishi esa boshqa tarmoqlarni qamrab olishi va xususiy investisiyalarni siqib chiqarishi mumkin.

Agentlikning hujjat asosidagi hisob-kitoblariga ko`ra, Rossiya birinchi olti oyda mudofaa uchun 2023 yil uchun rejalashtirilgan barcha byudjet xarajatlarining 19,2 foizini sarflagan.

Yanvar oyida Rossiyaning neft va gaz daromadlari o`tgan yilga nisbatan 46 foizga qisqargan, Ukrainadagi urush tufayli xarajatlar esa 59 foizga oshgan. Ushbu omillarning kombinasiyasi Rossiya davlat byudjetining 1,76 trillion rubl miqdoridagi taqchilligiga olib keldi.  Bu kamida 1998 yildan beri yilning birinchi oyida eng katta byudjet taqchilligi, deb yozdi Bloomberg.

G`arb davlatlari joriy etgan narxlarni cheklash tufayli Rossiya yanva oyida neft va gazdan 8 milliard dollarga yaqin daromad yo`qotdi, dedi Xalqaro energetika agentligi rahbari Fotih Birol.

Kreml energiya eksporti daromadlarining kamayishi va harbiy xarajatlarning keskin oshishi fonida budjetga yangi daromad manbalarini izlamoqda, bu esa joriy yilda 45 milliard dollarlik byudjet kamomadini keltirib chiqardi.

    Boshqa yangiliklar