AsosiyJamiyat

Maktabgacha ta`lim agentligi tortdan zaharlangan bog`cha bolalari bo`yicha ma`lumot berdi

'Maktabgacha ta`lim agentligi tortdan zaharlangan bog`cha bolalari bo`yicha ma`lumot berdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Namanganda bog`cha tarbiyalanuvchilari ovqatdan zaharlanganligi haqida xabarlar tarqaldi.

Maktabgacha ta`lim agentligining aniqlanishicha, joriy yilning 25 iyul kuni Namangan viloyati, Uychi tumanidagi “Gulshan” nomli oilaviy nodavlat maktabgacha ta`lim tashkilotining tarbiyalanuvchilari uyqudan uyg`ongach, 3 nafar tarbiyalanuvchilar ko`ngil aynashi va qorin og`rig`iga shikoyat qilgan. 50 o`rinli NMTTda bugungi kunda 48ta tarbiyalanuvchi qamrab olingan.

Tashkilotdagi bir guruh 15 nafar tarbiyalanuvchilari shu zahoti  oshqozon-ichak faoliyati funksiyasi buzilishida gumonlanib, tuman shifoxonasiga olib borilgan va  darhol tekshiruvdan o`tkazilgan. Natijada 2 nafar tarbiyalanuvchilarda sifati tez buziluvchi mahsulotni iste`mol qilishi oqibatida oshqozon-ichak faoliyati funksiyasi buzilishi kuzatilgan, tuman tibbiyot birlashmasining bolalar yuqumli kasalliklari bo`limiga yotqizilgan. Qolgan 13 nafar tarbiyalanuvchining holati yaxshi bo`lganligi uchun o`sha kunning o`zida uylariga ketishlariga shifokorlar tomonidan ruxsat berilgan.

Shifoxonada qolgan 2 nafar tarbiyalanuvchilar barcha zaruriy muolajalar ko`rsatilib butunlay sog`ayganidan so`ng  26 - iyul kuni uylariga ketishga ruxsat berilgan.

Hozirda bolalarning hammasi o`zini sog`lom his qilib, Uychi tumanidagi “Gulshan” nomli oilaviy nodavlat maktabgacha ta`lim tashkilotida ta`lim-tarbiya jarayonlarida ishtirok etishmoqda.

Namangan viloyati, Uychi tumanidagi maktabgacha va maktab ta`limi bo`limiga qarashli barcha davlat va nodavlat maktabgacha ta`lim tashkilotlari mas`ullariga ta`lim tashkilotlariga sifati tez buziluvchi mahsulotlarni olib kirmaslik, tarbiyalanuvchilarga turli gazli ichimliklarni ichirmaslik, unli oziq-ovqat mahsulotlariga alohida e`tibor qaratish bo`yicha ogohlantirilib, tushuntirish ishlari to`liq olib borilgan.

 

 

    Boshqa yangiliklar