AsosiyJamiyat

Toshkentdagi 6-sonli tug`uruqxonada egizak chaqaloqlar vafot etdi

'Toshkentdagi 6-sonli tug`uruqxonada egizak chaqaloqlar vafot etdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida yashovchi ayolning 6-sonli tug`ruqxona akusher-ginekologining ehtiyotsizligi sababli egizak farzandlari vafot etganligi haqida shikoyat qilgan. 

Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan aniqlanishicha, 2023 yil 22 iyun kuni 26 yoshli ayol D.Sh. 26 haftalik muddatidan oldin egizak chaqaloqlar dunyoga keltirgan.  

Ish hujjatlariga ko`ra, 2023 yil 23 iyun kunida Mirzo Ulug`bek tumanida joylashgan shahar 6-sonli tug`ruq kompleksida 26 yoshli ayol D.Sh.ning farzandlari Ya.T. va Ya.T.lar vafot etgan.

Hozirda ushbu holat bo`yicha tergovga qadar tekshiruv davom etmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar