AsosiyJamiyat

O`zbekiston bo`ylab kuchli yomg`ir yog`ishi kutilmoqda

'O`zbekiston bo`ylab kuchli yomg`ir yog`ishi kutilmoqda'ning rasmi

6-9 avgust kunlari O`zbekiston bo`ylab kuchli yomg`ir yog`ishi kutilmoqda. Bu haqda "O`zgidromet" rahbari Sherzodxo`ja Xabibullaxo`ja xabar qilmoqda.  

Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 6-9 avgust kunlari kutilayotgan kuchli yomg`irlar yog`ishi sababli, respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida, jumladan:

-Qashqadaryo viloyati: Yakkabog`, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G`uzor tumanlarida;

-Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho`rchi, Qumqo`rg`on, Muzrobot tumanlarida;

-Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung`ur, Nurobod, Qo`shrabot, Kattaqo`rg`on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;

-Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G`allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;

-Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo`stonliq, Parkent, Piskent, O`rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;

-Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo`rg`on tumanlarida;

-Farg`ona viloyati: So`x, Shohimardon, Farg`ona, Beshariq tumanlarida;

-Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo`rg`ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo`jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar