AsosiyJamiyat

Namangandagi bog`chada 15 nafar bola tortdan zaharlandi

'Namangandagi bog`chada 15 nafar bola tortdan zaharlandi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda  Namangandagi uy bog`chasida 15 nafar bola tortdan zaharlangani haqida xabarlar tarqaldi. 

Viloyati maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasi Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, holat joriy yilning 25 iyul kuni Uychi tumanidagi “Gulshan” oilaviy nodavlat maktabgacha ta`lim tashkilotida sodir bo`lgan. 15 nafar tarbiyalanuvchisi sifati tez buziluvchi mahsulotni iste`mol qilishi oqibatida  oshqozon-ichak faoliyati funksiyasi buzilishi, ovqat toksikoinfeksiyasida gumonlanib, yuqumli kasalliklar bo`limiga yotqizilgan. 

O`rganish natijasida muassasa tarbiyalanuvchilarining ota-onalari tomonidan farzandining tug`ilgan kuni munosabati bilan sifasiz tort shirinligi olib kelinganligi va u tarbiyachi tomonidan o`zboshimchalik bilan  bolalarga berilgani aniqlangan.  

Ma`lum qilinishicha, o`sha kunning o`zida - ikki soatdan so`ng 13 nafar bolaning holati yaxshilanganligi sababli shifoxonadan ruxsat etgan. 2 nafar bolaga esa butunlay sog`ayganidan keyin, 26  iyul kuni javob berilgan. Hozirda bolalarning hammasi o`zini sog`lom his qilib, “Gulshan” oilaviy nodavlat maktabgacha ta`lim tashkilotiga qaytarilgan.  

 

    Boshqa yangiliklar