AsosiyJamiyat

Buxorolik ayol uch erkakka OIV infeksiyasi qasddan yuqtirdi

'Buxorolik ayol uch erkakka OIV infeksiyasi qasddan yuqtirdi'ning rasmi

Romitan tumani O`zbekiston mahallasida yashovchi 1993 yilda tug`ilgan R.N. 2019 yilning 18 noyabr kunidan Buxoro viloyati OITSga qarshi kurashish markazi tomonidan ro`yxatga olingan.

Ayol ogohlantirishlarga qaramasdan, 2023 yilning may oyida Shofirkon tumani G`ulomte mahallasida yashovchi 1997 yilda tug`ilgan S.H., Talisafed mahallasida yashovchi 1988 yilda tug`ilgan B.O. va 1992 yilda tug`ilgan I.I.lar bilan Buxoro shahrining turli manzillarida himoya vositasiz jinsiy aloqada bo`lgan. Va erkaklarni OIV infeksiyasini yuqtirish xavf ostida qoldirgan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB tomonidan Jinoyat kodeksining 113-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirgi kunda ushbu engil tabiatli ayoldan jabrlanish bilan bog`liq boshqa holatlarni aniqlashga qaratilgan tezkor surishtiruv hamda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar