AsosiyDunyo

Qirg`iziston Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga qirg`izistonlik haydovchi kaltaklangani uchun nota yubordi

'Qirg`iziston Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga qirg`izistonlik haydovchi kaltaklangani uchun nota yubordi'ning rasmi

 

2 avgust kuni rossiyalik siyosatchi Elvira Vixareva taksi haydovchisi mashinada spirtli ichimlik ichmaslikni so`ragani uchun yo`lovchi tomonidan kaltaklangani aks etgan videoni e`lon qildi. Bu haqda sputnik.kz xabar berdi.

 Hodisa 18 iyul kuni sodir bo`lgani aniqlangan. Voqea Moskvada sodir bo`lgan. 

Qirg`iziston Tashqi ishlar vazirligi holat yuzasidan rasmiy bayonot bergan. Unda Qirg`izistonning Rossiyadagi elchixonasidan Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga rasmiy nota yuborilgani aytilgan.

Dastlab jabrlanuvchi Qirg`iziston elchixonasiga murojaat qilmagan, ammo hozir unga zarur konsullik va yuridik yordam ko`rsatilmoqda.

    Boshqa yangiliklar