AsosiyDunyo

Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo 18 yillik turmushidan keyin xotini bilan ajrashdi

'Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo 18 yillik turmushidan keyin xotini bilan ajrashdi'ning rasmi

Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo va uning rafiqasi Sofi 18 yillik nikohdan so`ng ajrashishlarini ma`lum qilishdi.

Kanada hukumati rahbari Instagramda xabar berganidek, er-xotin “ko`plab mazmunli va qiyin suhbatlardan so`ng” ketishga qaror qilishgan. “Har doimgidek, biz bir-birimizga hamda biz qurgan va qurishda davom etadigan barcha narsalarga chuqur muhabbat va hurmat bilan yaqin oila bo`lib qolamiz”, — deyiladi postda.

Tryudo idorasi bayonotida aytilishicha, ajrashish to`g`risidagi bitim imzolanganiga qaramay, sobiq turmush o`rtoqlar ommaviy tadbirlarda birga chiqishadi.

Jastin va Sofi Tryudo 2005 yilda turmush qurishdi. O`n yil o`tgach, Tryudo Kanada bosh vaziri bo`ldi. Er-xotinning uchta farzandi bor: 15 yoshli o`g`li Ksaver, 14 yoshli qizi Ella-Jeyms va to`qqiz yoshli o`g`li Adrian.

Tryudoning ajrashishi “og`riqli tarixiy o`xshashliklarga” ega. Jastinning otasi Per Tryudo ham 1977 yilda Kanada Bosh vaziri bo`lganida rafiqasi Margaret bilan ajrashgan. Jastin Tryudo o`shanda olti yoshda edi.

    Boshqa yangiliklar