Prezident raisligidagi yig`ilishda oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida muammoli kreditlar ulushi 19 foizdan 16 foizga pasaygani, 6,5 mingdan ziyod mahallada muammoli qarzdorlik qolmagani ta`kidlandi.
Lekin, haligacha qariyb 3 trillion so`mlik kreditlar qaytmagan.
Banklar kesimida eng ko`p muammoli kreditlar "Xalq banki", “Mikrokreditbank” va “Agrobank” hissasiga to`g`ri keladi. Ayniqsa, Andijon, Namangan, Farg`ona, Surxondaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida ishlar ahvoli qoniqarsiz.
Bundan tashqari, hududlarda o`tkazilgan o`rganishlarda 2,5 mingta holatda 68 milliard so`m kreditlar maqsadsiz sarflangani aniqlangan.
Shu munosabat bilan:
- Farg`ona va Sirdaryo viloyatlari Markaziy bank rahbarlarini, Xalq bankining Namangan va Surxondaryo, “Agrobank”ning Andijon va Farg`ona hamda “Mikrokreditbank”ning Toshkent viloyatlari rahbarlarini lavozimidan ozod etish;
- muddati o`tgan qarzdorlik yuqori 15 ta tuman va shahar banklari rahbarlarini to`liq yangilash masalasini ko`rib chiqish tavsiya etildi.






