AsosiyJamiyat

Bugun 42 daraja issiq bo`ladi

'Bugun 42 daraja issiq bo`ladi'ning rasmi

Bugun kunduz kuni respublika bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, janubda va cho`l hududlarda ba`zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 35-40°, janubda va cho`l hududlarda ba`zi joylarda 42° gacha bo`ladi.

Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, kechga tomon 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 38-40° bo`ladi.

Tog`li hududlarda Toshkent viloyati va Farg`ona vodiysi viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 25-30° bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar