AsosiyJamiyat

Farg`onadagi karaokeda halok bo`lganlarning oilasiga 10 million so`mdan pul beriladi

'Farg`onadagi karaokeda halok bo`lganlarning oilasiga 10 million so`mdan pul beriladi'ning rasmi

Farg`ona shahrida joylashgan karaokeda yuz bergan yong`in oqibatida 6 nafar fuqaro halok bo`lgani haqida xabar berilgandi

"UzReport"ning ma`lum qilishicha, 4 nafar marhumning oilasiga 10 million so`mdan beriladi. Bu bo`yicha qaror qabul qilingan. 

Qarorga ko`ra, Farg`ona viloyati Quva tumani “Pastki Xonobod” mahalla fuqarolar yig`inida yashagan, 2005 yili tug`ilgan, marhum Begzod Usuvalievning, “Gumxona” mahalla fuqarolar yig`inida yashagan, 2005 yil tug`ilgan, marhum Muhammadmuso Ibragimovning, shuningdek, “Bolalik” mahalla fuqarolar yig`inida yashagan, 2005 yili tug`ilgan Hojiakbar Shaxobiddinov hamda “Boyiston” mahalla fuqarolar yig`inida yashagan 2005 yili tug`ilgan Qizlarxon Jumaboevalarning oilalarini moddiy qo`llab-quvvatlash maqsadida “Saxovat va ko`mak” jamg`armasida shakllangan pul mablag`lari hisobidan (har bir oilaga) bir martalik 10 million so`m miqdorida bo`lgan pul mablag`i ajratiladi.

Eslatib o`tamiz, holat yuzasidan Farg`ona viloyati prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda

    Boshqa yangiliklar