AsosiyJamiyat

O`zbekistonda avgust oyida kuzatiladigan ob-havo ma`lumoti e`lon qilindi

'O`zbekistonda avgust oyida kuzatiladigan ob-havo ma`lumoti e`lon qilindi'ning rasmi

"O`zgidromet" ma`lumotlariga ko`ra, ushbu yilning avgust oyi o`rtacha issiq bo`ladi. Oyning dastlabki besh kunligida maksimal havo harorati 35-40 daraja atrofida bo`ladi, so`ngra harorat foni 33-38 darajagacha pasayadi.

Qayd etilishicha, keyinchalik avgust oyi o`rtacha ko`p yillik qiymatlarga yaqin bo`lishi kutilmoqda.

Kunduz kunlari harorat asosan 33-38 daraja atrofida, ayrim kunlarda 40 darajagacha bo`lishi kutilmoqda. Oyning ikkinchi yarmida haroratg 30-33 darajagacha qisqa muddatli davrga pasayishi mumkin.

Ushbu oyda faqat respublikaning ayrim, asosan tog` oldi va tog`li hududlarida qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi kutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar